6 fevral tongida Ömon poytaxti Maskat şahrida AQŞ va Eron delegatsiyalari iştirokidagi muzokaralar boşlandi, deb xabar bermoqda Erondagi Mehr axborot agentligi.
Eron delegatsiyasiga islom respublikasi taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi rahbarlik qilmoqda. Amerika tomonidan AQŞ prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner hamda AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi boşliği, admiral Bred Kuper qatnaşmoqda.
Muzokaralar mavzusi Eronning yadroviy dasturi va islom respublikasiga nisbatan sanksiyalarni yumşatiş masalasi bölişi aytilgan.
Erondagi keng kölamli namoyişlardan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp agar mahalliy rasmiylar yadroviy kelişuvdan boş tortadigan bölsa, Tehron böylab harbiy zarbalar yöllaş bilan tahdid qilgandi. Keyinroq u Vaşington va Tehron muzokaralar olib borayotgani, Eron masalasi böyiça qanday yöl tutişni şu muzokaralardan keyin hal qilişini aytgandi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Qöşma Ştatlar muzokaralarda Eronning raketa va yadro dasturlari, Yaqin Şarqdagi terrorçi guruhlar Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanişi, şuningdek, Eron rasmiylarining öz aholisiga munosabatini muhokama qilmoqçi ekanini aytgandi. Bunga javoban Tehron faqat yadro dasturini muhokama qilişga tayyorligini bildirgandi.
4 fevral kuni Axios naşri manbalarga tayanib, AQŞ kun tartibi böyiça kelişmovçiliklar tufayli Eron bilan muzokaralarni bekor qilgani haqida xabar bergandi. Lekin Eron Taşqi işlar vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlamagandi.
Ömondagi muzokaralar boşlanişidan oldin AQŞ hukumati Erondagi öz fuqarolarini uşbu mamlakatni zudlik bilan tark etişga çaqirgandi.














