Islomobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev HRL Group kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, kompaniyalar guruhi qurilish, tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tajribasini qo‘llagan holda Pokistondagi mis, oltin va o‘ta muhim minerallar konlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakat yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxti Islomobodda Imom Buxoriy majmuasi hamda Samarqandda mehmonxona qurish bo‘yicha tashabbuslarini olqishladi.















