AQŞ prezidenti Donald Tramp strategik yadroviy qurollarni nazorat qiliş böyiça yangi şartnoma işlab çiqiş tarafdori ekanini payşanba, 5 fevral kuni — Strategik hujum qurollarini yanada qisqartiriş va çeklaş çoralari töğrisidagi şartnoma (ŞM-3, New START)ning amal qiliş muddati tugagan kunda bildirdi. Bu AQŞ va Rossiya örtasida yadroviy arsenallarni çeklaşga oid sönggi kelişuv edi.
“New START şartnomasini uzaytiriş (AQŞ uçun yomon kelişuv bölib, u, qolaversa, qöpol tarzda buzildi) örniga, biz yadroviy masalalar böyiça ekspertlarimizga uzoq muddat işlay oladigan yangi, yaxşilangan va modernizatsiya qilingan şartnomani işlab çiqişni topşirişimiz kerak”, — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida. Respublikaçi, şuningdek, “butun dunyo böylab, jumladan Rossiya va Ukraina örtasida ham yadroviy uruşlarning oldini olgani”ni ta’kidladi.
U bundan avval yangi yadroviy arsenallarni çeklaş kelişuvida Xitoy ham iştirok etişini istaşini bir neça bor aytgan edi.
ŞQ-3 buzilişi haqida gapirar ekan, Tramp, ehtimol, 2023 yildagi vaziyatni nazarda tutgan: AQŞ bayonotiga köra, Rossiya şartnoma doirasida rejali tekşiruv uçun kelgan amerikalik inspektorlar delegatsiyasini öz yadroviy obektlariga kiritmagan. Koronavirus pandemiyasi davrida özaro inspeksiyalar ötkazilmagan edi.
2025 yil kuzida Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Xavfsizlik kengaşi yiğilişida Kreml ŞQ-3 muddati tugaganidan keyin ham uni yana bir yil davomida bajarişga tayyor ekanini aytgan. Ammo faqat AQŞ ham xuddi şunday majburiyatlarni öz zimmasiga olişi lozim. Öşanda Rossiya prezidenti yadroviy qurol ustidan nazoratdan “töliq voz keçiş”ni “xatoli va qisqa fikrli qadam” deb atagan.
2026 yil 5 fevral kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt yangi yadroviy arsenallarni çeklaş bitimi imzolanguniga qadar amal qiladigan qandaydir “ötiş (muvaqqat) şartnomasi” mavjud emasligini bildirdi. Öz navbatida, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, agar Vaşingtonda “qandaydir konstruktiv javoblar” bölsa (Vladimir Putinning ŞQ-3ning asosiy qoidalarini yana bir yil saqlab qoliş taklifiga — tahr.), Moskva muloqotga tayyor ekanini bildirdi.
2026 yil 5 fevral kuni ön yildan ortiq vaqt davomida dunyodagi eng yirik yadroviy arsenallar ustidan nazoratni ta’minlab kelgan Strategik hujum qurollarini qisqartiriş şartnomasining amal qiliş muddati tugadi. Şartnoma aniq limitlar belgilardi: joylaştirilgan (harakatdagi) taşuvçilar — 700 tagaça, umumiy mavjud taşuvçilar — 800 tagaça, strategik yadroviy kallaklar — 1550 tagaça. Bu limitlarga QBR (qit’alararo ballistik raketalar), suvosti kemalaridan uçiriladigan ballistik raketalar, oğir bombardimonçilardagi kallaklar, hatto yangi tizimlar ham kirardi.

















