Prezident qarori bilan Sohibjon Ğofurjonoviç Murodov Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bungaça u agentlik huzuridagi «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş» aksiyadorlik jamiyatida rahbar bölgan.

Murodov yangi lavozimda avvalroq prezident tomonidan qattiq tanqid qilingan, işdan olingan va tergovga tortilgan Akmalxon Ortiqov örnini egalladi. Prezident yanvar oyidagi yiğilişda Davlat aktivlarini boşqariş agentligida katta taftiş ketayotgani va milliard-milliard sömlik talon-torojliklar aniqlanganini aytgandi.

Sohibjon Murodov 1987 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy. Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutini, şuningdek, Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini «Özsanoatqurilişbank» ATB Rakat filiali jamğarma kassa kassiri sifatida boşlagan. 2013—2017 yillar davomida Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasida turli lavozimlarda işlagan. 2017—2021 yillarda Hisob palatasi yetakçi inspektori, boş inspektori vazifasini bajargan. 2021 yildan beri «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi» AJ direktori sifatida faoliyat yuritayotgan edi.