Qarorga ko‘ra, yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida usta dehqonlarga:
- har 10 ta xonadonni ixtisoslashtirganligi uchun — 2 mln so‘m;
- mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslashtirganligi uchun — 75 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangi bog‘lar barpo etish uchun quyidagi subsidiyalar joriy etiladi:
- sertifikatli mevali ko‘chat narxining 50 foizi, biroq har bir ko‘chat uchun meva turiga qarab 30 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- meva turiga qarab har bir o‘rnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- har bir sotixga yomg‘ir suvini yig‘ish va (yoki) tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish uchun 160 ming so‘mgacha.
Qarorda, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlar uchun ham qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash belgilangan: tomorqa va ijara yerlarni sug‘orish uchun tik quduq burg‘ilash hamda quvvati 10 kVt⋅soatdan kam bo‘lmagan quyosh paneli o‘rnatish xarajatlarining 70 foizi, biroq 200 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.











