“Kelinglar, kim rossiyaliklar bilan gaplaşişi haqida muhokama qilişdan oldin, avvalo rossiyaliklar bilan nima haqda gaplaşmoqçi ekanimizni muhokama qilaylik”, — dedi u seşanba kuni, 10 fevralda Bryusselda bir neça OAV jurnalistlariga bergan intervyusida.

AFP agentligi uning sözlarini keltirib, Kallas: “Yaqin kunlarda biz uzoq muddatli va barqaror tinçlikka erişiş uçun nimani körişni istaşimiz haqida ğoyalarni işlab çiqamiz”, — deganini yozadi. Şundan söng tegişli röyxat YeI a’zo davlatlariga yuboriladi, deya qöşimça qildi Kallas.

Şu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Yevropa gazetalariga bergan intervyusi ham e’lon qilindi, unda u yevropaliklarning Kreml bilan töğridan töğri muloqotni qayta tiklaşi zarurligini yana bir bor ta’kidladi. Makron fevral oyi boşida Rossiya rahbariyati bilan töğridan töğri aloqalarga tayyorgarlik köriş uçun özining diplomatik maslahatçisini Moskvaga yuborganini tasdiqladi. “Men nimaga erişdim? Rossiya hozir tinçlikni istamayotganining tasdiğiga. Lekin, eng muhimi, biz bu muhokama kanallarini texnik darajada qayta tikladik”, — dedi u.

Makronning aytişiça, endi u bu tajribani yevropalik hamkorlari bilan bölişişni rejalaştirmoqda, toki Kreml bilan muloqot uçun “yaxşi taşkil etilgan Yevropa yondaşuvi” şakllantirilişi darkor. Unga köra, bu muloqot “juda köp sonli suhbatdoşlarsiz, oldindan belgilangan mandat bilan va oddiy vakillik asosida” bölişi kerak. Makron, şuningdek, bu özaro muloqotni Vaşingtonga topşirişga qarşi çiqdi — AQŞ allaqaçon RF bilan muzokara olib boryapti. Uning fikriça, öt oçiş töxtatilgan taqdirda Ukrainaning YeIga qaçon kirişi masalasini Yevropa nomidan amerikalik elçilar muhokama qilib qöyişiga yöl qöyib bölmaydi.

Töğridan töğri aloqalarni tiklaş ğoyasini, jumladan, Boltiq mamlakatlari va Çexiyada ham qöllab-quvvatlaşgan. Germaniya kansleri Fridrix Mers esa Moskva bilan muloqotni qayta boşlaş böyiça “muvofiqlaştirilmagan alohida qadamlar”ni qoraladi. Uning ta’kidlaşiça, uruşni töxtatişga qaratilgan barça Yevropa sa’y-harakatlari Yevropaning özida, şuningdek Ukraina va AQŞ bilan ham muvofiqlaştirilgan bölişi kerak.