Pokistonda ötkazilgan nufuzli IX “Jamoa ruhi” xalqaro musobaqasida Özbekiston Mudofaa vazirligi razvedkaçilari eng yuqori natijani qayd etib, 97,3 foiz körsatkiç bilan 1-örinni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni Malayziya (82,1 foiz), uçinçi örinni esa AQŞ (76,4 foiz) egalladi.
Musobaqada dunyoning 19 ta davlatidan 34 ta jamoa iştirok etgan. Şartlarga köra, iştirokçilar 90 kilometr masofani bosib ötiş asnosida 31 marta turli murakkab tösiqlar hamda amaliy test sinovlarini bajarişi lozim bölgan. Özbekiston jamoasi mazkur masofani 33 soat-u 34 daqiqada yakunladi.
Şuningdek, harbiylar 80 kilogramm vazndagi “yarador”ni 5 km masofaga taşiş böyiça 27 daqiqada mutlaq rekord örnatgani qayd etildi.













