Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik Sayyora Ergaşaliyeva bedarak yöqoldi. Bu haqda mazkur mamlakatda faoliyat yurituvçi Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati xabar berdi.

Jamiyatning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, uning yöqolişi avvalroq Istanbulda qotillik qurboni bölgan Durdona Hakimova işi bilan boğliq bölişi mumkin. Boisi Sayyora Ergaşaliyeva mazkur qotillikda gumonlanayotganlardan biri bilan birga yaşagan.

Ta’kidlanişiça, Ergaşaliyevaning yaqinlari Özbekistondan Istanbulga kelib uni topişda jamiyatdan amaliy yordam söragan. Taşkilot Istanbuldagi Özbekiston Boş konsulxonasi bilan birga holatni har tomonlama va xolisona örganiş, şuningdek, bedarak yöqolgan şaxsni topiş uçun tegişli çoralarni körgan.

“Advokatlarning professional va şoşilinç sa’y-harakatlari natijasida tergov işlari jadallaştirilib, ikkinçi jinoyat ehtimoli yuzasidan DNK tahlillari, şuningdek, hodisa joyini batafsil közdan keçiriş kabi muhim tergov harakatlari amalga oşirildi. Jamiyatimiz uşbu iş yuzasidan Turkiya Respublikasi tergov organlari bilan doimiy va yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Ergaşaliyeva Sayyora Bahromjon qizini aniqlaş va topiş maqsadida jamiyat tomonidan barça mavjud imkoniyatlar safarbar etilgan. Şu munosabat bilan Turkiya jamoatçiligi va vakolatli idoralardan hamkorlik va amaliy yordam söraladi. Agar mazkur holat yuzasidan biror ma’lumot yoki muhim ma’lumotga ega bölsangiz, jamiyat bilan boğlanişingizni söraymiz”, – deyiladi xabarda.

Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari hozirça holat yuzasidan rasmiy bayonot bergani yöq.

Eslatib ötamiz, Istanbuldagi çiqindi konteyneridan jasadi topilgan Durdona Hakimova ölimida gumonlanib ikki nafar özbekistonlik qölga olingan. Bu qotillik Turkiya jamoatçiligida norozilik namoyişlariga sabab böldi.