Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Qamchiq dovonida kuzatilgan noqulay ob-havo sabab yo‘lda qiyin ahvolga tushib qolgan haydovchi va yo‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Shuningdek, FVV va tegishli xizmatlar xodimlari hamkorligida yo‘lda muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borildi.
Dovon bo‘ylab tashkil etilgan isinish maskanlarida yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklar yaratildi.















