Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamenti spikeri ham lavozimini tark etdi
Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) spikeri (to‘rog‘a) Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li (Nurlanbek Shakiyev) iste’foga chiqdi. Bu haqda uning o‘zi parlament yig‘ilishida e’lon qildi.
U o‘z qarorini ixtiyoriy ravishda qabul qilgani va unga hech qanday bosim bo‘lmaganini bildirgan.
«Qarorimni muayyan odamlar bilan bog‘lashni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Qayd etishim kerakki, men hech qachon bir yoki ikki kishi uchun ishlamaganman, men har doim mamlakat, qirg‘iz xalqi manfaatlari uchun ishlaganman.
O‘tgan vaqt mobaynida men mamlakatda muhim va kerakli qarorlar qabul qilinishiga o‘z hissamni qo‘shdim. Siyosiy barqarorlikni saqlash uchun fitnalarsiz ishlashni o‘rganishimiz kerak», – degan siyosatchi.
U faoliyatini deputat sifatida davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, Marlen Mamataliyev parlamentning yangi to‘rog‘asi bo‘lishi kutilmoqda.
10 fevral kuni prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevni iste’foga chiqargandi. Bu iste’fo ortidan OAVda shu kunlarda Turkiyada xizmat safari bilan bo‘lib turgan parlament to‘rog‘asi ham lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi vakolatlari keskin qisqartirilmoqda. Xususan, Davlat chegara xizmati alohida mustaqil tuzilmaga aylantirildi, qo‘mitaning 9-xizmati ham alohida ajratilib, mamlakat birinchi rahbarlari xavfsizligini ta’minlaydigan Davlat qo‘riqlash xizmati tashkil etildi. U to‘liq prezidentga bo‘ysunadi.
Mavzuga oid
11:38 / 11.02.2026
«Kutilmagan voqea» – Qirg‘izistonning sobiq «ikkinchi odami» o‘z iste’fosi haqida
20:25 / 10.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
18:17 / 10.02.2026
Tashiyev bir necha kun oldin Germaniyaga uchib ketgan – manba
16:01 / 10.02.2026