Rossiya 19 fevral kuni Vaşingtonda bölib ötadigan Trampning «Tinçlik kengaşi» birinçi yiğilişiga öz vakillarini yubormaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Kremldan heç kim borişni rejalaştirmayapti. «Kengaş» mavzusi hali ham Taşqi işlar vazirligida körib çiqilmoqda», dedi u.

«Tinçlik kengaşi»ning birinçi yiğilişi 19 fevral kuni Vaşingtonda bölib ötadi, deb xabar berdi The New York Times (NYT) va Axios manbalari. NYT manbasining sözlariga köra, bölajak sammitning asosiy mavzularidan biri Ğazo sektorini rekonstruksiya qiliş uçun mablağ yiğiş böladi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ham «Tinçlik kengaşi» yiğilişida iştirok etişdan boş tortdi, çunki Belarus rahbariga birinçi uçraşuvga taklifnoma juda keç kelgan.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Tinçlik kengaşi»ga a’zo böliş taklifini olgandan söng, AQŞ hududida muzlatilgan mablağlardan Ğazoni tiklaşni moliyalaştiriş uçun 1 milliard dollar yönaltirişga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

«Biz «Tinçlik kengaşi»ga AQŞ sobiq ma’muriyati davrida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan 1 milliard dollar yönaltirişimiz mumkin», dedi u.

Bloomberg naşri AQŞ hukumati Ğazo sektori böyiça xalqaro «Tinçlik kengaşi»dan doimiy örin olişni istagan davlatlardan kamida 1 milliard dollar ajratişni sörayotgani haqida xabar bergan edi.

Aleksandr Lukaşenkoning aniqlik kiritişiça, dastlabki uç yil davomida «Tinçlik kengaşi»da ta’sisçi sifatida bepul iştirok etiş mumkin.