Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers va Makron Yevroittifoq iqtisodiyotini qayta tiklash tarafdori
Yevroittifoq rahbarlari norasmiy sammitda AQSh va Xitoy bosimi sharoitida YeI iqtisodiyotini qanday qilib raqobatbardosh qilish mumkinligini muhokama qildi. Germaniya kansleri va Fransiya prezidenti maqsadlarda yakdil ekanini bildirdi, ammo usullarda kelisha olmadi.
Foto: ds-Agentur/picture alliance
Germaniya kansleri Fridrix Mers va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash yo‘llari borasida qarashlari yakdil ekanini ta’kidladi. “Biz Yevropaning ittifoqi tezroq bo‘lishini istaymiz. U yaxshiroq bo‘lishini istaymiz. Eng avvalo, Yevropada raqobatbardosh sanoat bo‘lishiga erishmoqchimiz”, — dedi Mers payshanba, 12 fevral kuni, Belgiyadagi YeI yetakchilarining norasmiy sammiti doirasida Makron bilan birga qilgan qo‘shma chiqishi vaqtida.
“Men xursandmanki, Emmanuel Makron bilan men, deyarli har doimgidek, bu masalalarda bir fikrdamiz”, — deb qo‘shimcha qildi Germaniya hukumati rahbari. Fransiya prezidenti esa u va Mers “Yevropa qat’iyat bilan harakat qilishi zarurligi haqida tuyg‘uni” birdek his qilishini aytdi.
Belgiyadagi Alden-Bizen qasrida bo‘lib o‘tgan norasmiy sammit YeI iqtisodiyoti raqobatbardoshligi masalasiga bag‘ishlandi. Dpa agentligi qayd etishicha, YeI iqtisodiyoti byurokratiya, yagona Yevropa bozori ichidagi to‘siqlar, energiya tashuvchilar narxining balandligi hamda Xitoy va AQSh tomonidan kuchayib borayotgan raqobat sabab qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Shu bilan birga, maqsadlardagi kelishuvini bildirganiga qaramay, Germaniya kansleri va Fransiya prezidenti Yevroittifoqni moliyalashtirish masalasida turlicha qarashlarga ega. Makron avvalroq YeIning innovatsion loyihalari, masalan, mudofaa sohasidagi tashabbuslar uchun umumevropa qarz majburiyatlarini (qo‘shma yevroqarz) chiqarishga chaqirgan edi. “Men buni istamayman”, — dedi Mers Belgiyadagi sammit yakunida. “Federal konstitutsiyaviy sud Germaniya hukumati uchun bu borada juda aniq cheklovlar belgilagan”, — deya izoh berdi Germaniya hukumati rahbari.
U Makronning davlat tenderlarida Yevropa mahsulotlariga ustunlik beruvchi “Yevropanikini sotib ol” tamoyilini joriy etish chaqiruvini ham qo‘llab-quvvatlamadi. Germaniya kansleri bunday chora proteksionizmning kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. “Biroq biz o‘zimizni insofsiz savdo amaliyotlaridan himoya qilishimiz kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Fridrix Mers.
Shu bilan birga, sammit yakunlari bo‘yicha 27 davlat va hukumat rahbarlari AQSh va Xitoyga qaramlikni kamaytirish uchun savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish zarurligini ma’lum qildi. Shuningdek, ular Yevropa kompaniyalari uchun byurokratik yukni yengillashtirish kerakligiga ham kelishib oldi. Bu yuk, xususan, ekologik me’yorlar bilan bog‘liq.
Yevroittifoqning mart oyidagi navbatdagi sammitiga qadar Yevrokomissiya “Bir Yevropa, bir bozor” (One Europe, one market) harakatlar rejasini taklif qiladi, deb ma’lum qildi komissiya raisi Ursula fon der Lyayyen. Uning aytishicha, reja besh yo‘nalishga qaratilgan bo‘ladi: byurokratiyani qisqartirish, yagona bozor, energetika bozori, raqamlashtirish va savdo.
Mavzuga oid
19:00 / 12.02.2026
Germaniya Markaziy Osiyo davlatlaridan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etishni talab qildi
11:43 / 11.02.2026
Lufthansa uchuvchilari 24 soatlik ish tashlash e’lon qildi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
14:16 / 10.02.2026