Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv va salqin ichimliklar markirovkasi bo‘yicha kodlarni o‘zaro tan olish joriy etiladi
Hukumat qaroriga muvofiq, 1 iyundan O‘zbekiston va hamkor davlatlar o‘rtasida suv hamda salqin ichimliklarga nisbatan raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Kodlarni tan olish bo‘yicha vakolatli organ etib Soliq qo‘mitasi belgilandi.
“Raqamli markirovkalangan tovarlarning harakatini kuzatib borish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori (56-son, 11.02.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan O‘zbekiston va hamkor davlatlar o‘rtasida suv hamda salqin ichimliklarga nisbatan raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish joriy etiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, hamkor davlatlarning raqamli markirovka kodlarini O‘zbekiston hududida tan olish bo‘yicha vakolatli organ Soliq qo‘mitasi hisoblanadi.
Shuningdek, Asl belgisi mahsulotlarini markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori raqamli markirovka ma’lumotlarini qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va himoya qilishni ta’minlaydi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hududida shakllantiriladigan va muomalada bo‘ladigan raqamli markirovka ma’lumotlari O‘zbekiston hududida joylashgan data-markazlar doirasida saqlanishi va qayta ishlanishi shart.
Bundan tashqari, tovarlarning raqamli markirovkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xorijiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga xalqaro shartnomalar asosida hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda uzatilishi belgilandi.
Mavzuga oid
22:01 / 18.07.2025
“Bu iqtisodiy siyosatga zid” – mutaxassis markirovkalash qoidasini buzganlik uchun jarimani aylanmaga bog‘lamaslikni taklif qildi
15:45 / 18.07.2024
“Bu suv noqonuniy sotib olingan” – Sherzod Qudbiyev tadbirkorlar bilan muloqotda suvning markirovka kodini tekshirdi
19:45 / 01.06.2024
Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlari jadallashtiriladi
10:37 / 04.11.2022