Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.A.” MChJning norasmiy ishchisi A.A. va boshqalar fuqaro G.B. hamda uning ota-onasini Saudiya Arabistoniga borishi uchun “viza” hujjatlarini tayyorlab, Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular jami 3 150 AQSh dollari evaziga xizmat ko‘rsatishini aytgan va oldindan bo‘nak sifatida 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.