“Dunyo” AA xabar berişiça, muloqot qişloq xöjaligi va ta’lim yönalişlarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş istiqbollariga bağişlangan. Uçraşuvda iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda ta’lim sohasidagi imkoniyatlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qoraqalpoğiston tomoni misrlik talabalarni mahalliy oliy ta’lim muassasalarida qişloq xöjaligi, tibbiyot va muhandislik yönalişlarida tahsil olişga jalb etiş taklifini bildirdi. Bu borada akademik almaşinuv dasturlari, qöşma ta’lim loyihalari va institutsional şeriklik mexanizmlari muhim vosita bölişi qayd etildi.

Uçraşuvda, şuningdek, Orolböyi hududida Misrning ilğor tajribasi asosida zamonaviy agrotexnologik loyihalarni yölga qöyiş masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar innovatsion suğoriş texnologiyalarini joriy etiş, issiqxona xöjaligini rivojlantiriş va çöl yerlarini özlaştiriş yönalişlariga qiziqiş bildirdi.

Muzokaralar yakunida aniq taşabbuslarni işlab çiqiş uçun pilot loyihalarni yölga qöyiş, ekspertlar darajasida doimiy maslahatlaşuvlarni taşkil etiş hamda muloqotni tizimli davom ettiriş böyiça kelişuvga erişilgani ta’kidlandi.