Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlarida sel xavfi mavjud.
Xususan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari sel xavfi yuqori hududlar qatoriga kiradi.
Shuningdek, Samarqand, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarining tog‘li tumanlari, Namangan, Farg‘ona hamda Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida ham sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
Shu bilan birga, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi mumkin bo‘lib, bu ayrim joylarda suv bosishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
https://t.me/uzgydromet/19927











