Prezident Şavkat Mirziyoyev Jarqörğon tumanida qurilayotgan “Yangi Özbekiston” massivini borib kördi.
Mamlakatda aholi uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratiş, zamonaviy va şinam turar joylar barpo etiş işlari izçil kengaymoqda. Davlat rahbarining 2021 yil 12 oktyabrdagi farmoniga muvofiq, “Yangi Özbekiston” massivlarining qurilişi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Zamonaviy şaharsozlik talablari asosida barpo etilayotgan şunday loyihalardan biri Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida qad rostlamoqda.
Çöl hududini özlaştiriş hisobiga bunyod etilayotgan massivning 50 gektarida 116 ta köp qavatli uy qurilişi rejalaştirilgan. Hozirgaça poliklinika, 180 örinli boğça, 330 örinli maktab va mahalla binosi foydalanişga topşirilib, 68 ta uydagi 1,5 mingta xonadonga aholi köçib kirdi.

Şuningdek, axborot texnologiyalari va ingliz tili öquv markazi iş boşlagan, 7 ta mikromarkaz hamda 5 ta savdo va maişiy xizmat körsatiş obekti qurilgan. Içimlik suvi, issiqlik tarmoqlari, 3 kilometrga yaqin gaz quvuri tortilib, 250 kilovattli transformator örnatilgan. 4,5 gektar yerga manzarali va mevali daraxtlar, daşt hududidagi 300 gektar maydonga esa saksovul ösimliklari ekilgan.
Kelgusida bu yerda yana 50 ga yaqin uy qurilişi közda tutilgan. Xususan, joriy yilda yana 14 ta (280 xonadonli) köp qavatli uy-joy, yangi yöllar, kökalamzorlaştiriş işlari hamda istirohat boği barpo etilişi rejalaştirilgan.
Taşrif çoğida prezident massiv hududida faoliyat yuritayotgan “Yangi yoşlar” boşqaruv servis kompaniyasining işi bilan tanişdi. Kompaniya tumandagi 161 ta köp qavatli uyga xizmat körsatadi, şundan 54 tasi mazkur massivda joylaşgan. Hududdagi köp qavatli uylar tomiga 5-15 kilovattli quyoş panellari örnatilgan.

Inklyuziv ta’lim har bir bolaning jismoniy yoki aqliy holatidan qat’i nazar, maktabga borişi va sifatli ta’lim olişini ta’minlaşni nazarda tutadi.
Davlat rahbari massivdagi 66-maktabda yaratilgan şart-şaroitlar, xususan, nogironligi bölgan bolalar uçun taşkil etilgan imkoniyatlar bilan tanişdi.
Maktabda bugun 500 dan ziyod öquvçi ta’lim olmoqda. Nogironligi bor bolalarni zamonaviy standartlar asosida öqitiş uçun alohida yondaşuvlar joriy etilgan, 50 ga yaqin maxsus mutaxassis va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Maktab hovlisi, yölaklar, öquv xonalari, ovqatlaniş, muolaja xonasi hamda sport zali zarur şaroitlar bilan ta’minlangan.





















