Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.I. fuqaro Sh.B.ga 48 600 AQSh dollarini 600 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davomida 49 900 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish bo‘yicha tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov jarayonida hodisaning barcha holatlari, shuningdek, mablag‘larning kelib chiqishi va noqonuniy valuta operatsiyasiga aloqador boshqa shaxslar mavjudligi masalasi ham o‘rganilmoqda.