Qonunçilikka muvofiq, “Biznes hamroh” loyihasi tadbirkorlarga xizmat körsatiş tizimini soddalaştiriş va ular uçun qulay şart-şaroitlar yaratişni nazarda tutadi. Uşbu mexanizm orqali tadbirkorlar turli davlat idoralariga alohida-alohida murojaat qiliş örniga, zarur xizmatlarni bir joyning özida oliş imkoniga ega böladi.

Loyiha doirasida Savdo-sanoat palatasi huzurida taşkil etiladigan mas’uliyati çeklangan jamiyat tomonidan boşqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yölga qöyiladi. Markazlarda tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari bilan bir qatorda ayrim xususiy xizmatlar ham “yagona darça” asosida taqdim etiladi.

Dastlabki bosqiçda “Biznes hamroh” markazlari Toşkent va Nukus şaharlarida, şuningdek har bir viloyat markazida 1 tadan taşkil etilişi belgilangan. Keyinçalik loyihani bosqiçma-bosqiç kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Mazkur taşabbus tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat körsatiş jarayonlarini tezlaştiriş, ma’muriy tösiqlarni kamaytiriş va işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaşga qaratilgan.