2025 yil sentabr oyida Toşkent viloyatidagi boğçalarda bolalarning ommaviy zaharlanişi holati böyiça qözğatilgan iş jinoyat işlari böyiça Böka tuman sudi iş yurituviga kelib tuşdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar qildi.

Sud işiga 11 kişi jalb qilingan. Ular bolalar boğçalari uçun mahsulot işlab çiqariş va yetkazib beriş hamda xizmat körsatiş bilan boğliq kompaniyalarda rahbarlik va texnik lavozimlarda işlagan şaxslardir:

  • R. O. (erkak, 1985 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ direktori);
  • S. S. (erkak, 1985 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ ta’sisçisi va sotuv bölimi menejeri);
  • F. O. (erkak, 1990 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ ta’sisçisi va direktori örinbosari);
  • A. S. (erkak, 1987 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ boş texnologi);
  • R. X. (erkak, 1982 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ texnologi);
  • M. N. (erkak, 1991 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ texnologi yordamçisi);
  • J. X. (erkak, 1993 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan, Governess Business MÇJ direktori);
  • F. D. (erkak, 1993 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Kinder Garden Group MÇJ direktori);
  • I. S. (erkak, 2000 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, Innavation Outsourcing Servise MÇJ direktori);
  • B. R. (erkak, 1992 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, Nishon invest MÇJ direktori);
  • D. Q. (ayol, 1997 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, Shark Milk Product MÇJ laboranti).

Ayni paytda jinoyat işini körişni tayinlaş masalasi örganilmoqda.

Ular Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 4-qismi «b» bandi va 257−1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ayblanuvçilarning 10 nafariga qamoqqa oliş va 1 nafariga uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralari qöllangan.

Boğçalardagi ommaviy zaharlaniş