Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eronga zarba berish uchun AQShga o‘z bazalaridan foydalanishiga ruxsat berishi mumkin
Ayni paytda Fors ko‘rfazi mulozimlari orasida qarama-qarshilik mavjud: ayrimlar hali ham diplomatik kelishuvlarga umid qilmoqda, boshqalar esa ortga yo‘l qolmadi deb hisoblamoqda.
Foto: REUTERS
Eronning Fors ko‘rfazi mamlakatlariga zarba berishi munosabati bilan bu davlatlar Eronga zarba berish uchun AQShga o‘z hududlaridan foydalanishiga ruxsat berishi mumkin, deb yozmoqda The Economist nashri Saudiya Arabistonidagi manbasiga tayanib.
«Qirollik saroyiga yaqin saudiyalikning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazi mamlakatlari Amerikaga ularning hududlaridan Eronga zarba berishiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashlari mumkin: Eron ularga hujum qildimi, demak, ular ham kimningdir tomoniga o‘tishadi», — deyiladi gazetada berilgan xabarda.
Nashr shuningdek, Fors ko‘rfazi mulozimlari orasida qarama-qarshilik mavjudligini ham yozgan: qayd etilishicha, ayrimlar hali ham diplomatik kelishuvlarga umid qilmoqda, boshqalar esa ortga yo‘l qolmadi deb hisoblamoqda.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarbalar berdi. Eron bunga javoban Isroil va AQShning harbiy bazalari joylashgan Bahrayn, Kuvayt, Qatar va BAAga raketa zarbalari yo‘lladi.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55 / 27.05.2026