Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi
Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, hudud iqtisodiyoti o‘sishi, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda 2030 yilgacha eksport va investitsiya loyihalarini kengaytirish bo‘yicha asosiy maqsadlar belgilandi.
Foto: Getty Images / Gijs de Kort
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘istonni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qator ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi qo‘yildi.
2026 yil yakuniga qadar rejalar:
- yalpi hududiy mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8 foizga oshirish;
- ishsizlik darajasini 4,2 foizgacha, kambag‘allik darajasini 3,2 foizgacha pasaytirish;
- Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahallani ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish.
2030 yilga qadar mo‘ljallar:
- yalpi hududiy mahsulot hajmini 102,4 trln so‘mga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 28,9 trln so‘mga yetkazish;
- sanoat va xizmatlar sohasida jami 7,2 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;
- eksport hajmini 900 mln AQSh dollariga yetkazish.
Boshqaruv tuzilmasidagi o‘zgarishlar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatiladi;
- Vazirlar Kengashi raisining yaylovlardan samarali foydalanish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.
Mavzuga oid
15:21
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz uchun isitish mavsumi bazaviy me’yori 15 martgacha uzaytirildi
13:59
Qoraqalpog‘istonda yo‘l-infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi
13:28 / 26.02.2026
Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalarga vaqtincha cheklovlar joriy etildi
12:40 / 24.02.2026