O‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan

  • Bobomurodova Xosiyat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,

Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Kariyeva Bernara Raximovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori;
  • Toshova Moyra Nabiyevna - Buxoro shahridagi «Shayxul Olam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati;
  • Toshpulatova Klara Bekpulatovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;
  • Xalikova Mukaddas Shamaksudovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;

Do‘stlik” ordeni bilan

  • Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna - Chimboy tumanidagi «Gujimli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Aliyeva Zafara Jumabayevna - O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti;
  • Axmedjanova Nasiba Muratovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi;
  • Axmedova Zarifa Nishonovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Zomin asali» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati;
  • Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna - Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati;