Muloqot davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi alohida e’tibor markazida bo‘lib, ularni hayotga tatbiq etish doirasidagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston–Rossiya hamkorligi doirasida ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama formatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslar va kelishuvlarning ijrosini tizimli ravishda muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham mulohazalar bildirilgan.











