Birlaşgan Arab Amirliklari «uruş holatida», dedi mamlakat prezidenti Muhammad bin Zayd Ol Nahayon Eron hujumlaridan jabr körgan hududlarga taşrifi çoğida bergan intervyusida.

«Biz uruş holatidamiz va men ularga öz burçimizni bajarişga va’da beraman, çunki biz yaqinlarimizni va mamlakatimizni himoya qilişga majburmiz», dedi u.

Davlat rahbari BAA fuqarolari öz burçini munosib bajarayotganini, mamlakatda yaşovçi xorijliklar esa «mehmonlar va yaqinlar» ekanini, davlat ularni himoya qilişga majburligini ta’kidladi.

«BAA terisi qalin va göşti esa aççiq - biz oson ölja emasmiz», deb qöşimça qildi u.

Yaqin Şarqda mojaro keskinlaşganidan buyon BAA doimiy ravişda Eron tomonidan öqqa tutilmoqda. Jumladan, 7 mart kuni Dubay xalqaro aeroporti hududiga dron qulaşi kuzatildi.