Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin tabrigining tahrirlanmagan versiyasini e’lon qilib yubordi (video)
RF prezidenti tabrikni o‘qib berish vaqtida tomog‘i qichishib qolganini aytib, nutqni takroran yozishni so‘ragan. Ammo Kreml matbuot xizmati videoni kesmasdan tarqatgan.
Kreml matbuot xizmati Vladimir Putinning 8 mart arafasida rossiyalik ayollarga yo‘llagan videomurojaatini tahrirlanmagan shaklda e’lon qilib yubordi.
8 martga o‘tar kechasi RF prezidenti matbuot xizmatining telegram-kanalida 6 daqiqa-yu 19 soniyalik xronometrajli rolik paydo bo‘ldi. Videoda Putin tabrik matnini ikki marta o‘qib bergan. U birinchi marta o‘qishdan keyin tomog‘i achishayotganidan shikoyat qilib, nutqini qaytadan yozib olishni so‘ragan va yo‘tala boshlagan.
«Keling, men yana bir marta o‘qib beraman, chunki… Qichishib qoldi. Ha, qichishdi. Yo‘talib qolay dedim. Bugun juda ko‘p gapirgandim», – degan Putin birinchi urinishdan keyin va matnni yana qaytadan o‘qishni boshlagan.
«Agenstvo» nashri e’tibor qaratishicha, videoning tahrirlanmagan versiyasi rasmiy telegram-kanalda to‘rt daqiqa qolib ketgan. Kreml faqat 20 daqiqa o‘tib videoni 2 daqiqa-yu 52 soniyagacha qisqartirib, qaytadan e’lon qilgan.
Lekin bu vaqt ichida rolikning tahrirlanmagan versiyasi ayrim idoralarning telegram-kanallari hamda hukumatparast nashrlarda repost qilib bo‘lingandi. Ko‘p o‘tmay ular ham eski videoni o‘chirib, yangisini qo‘yishgan. Shu bilan birga, ayrim telegram-kanallarda birinchi versiya saqlanib qolgan.
Putin o‘z chiqishlarida tez-tez yo‘talib turadi, ammo 2024 yilgi jonli muloqot chog‘ida u buni konditsionerlar bilan izohlagandi. «Konditsionerlar shovqin solmoqda», – degandi o‘shanda u propagandachi Aleksandr Gamovning savoliga javob berish vaqtida biroz yo‘talib.
Kremldagilar versiyasiga ko‘ra, Putin hech qachon kasal bo‘lmaydi va deyarli hech qachon ta’tilga chiqmaydi.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026