Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infografika: Xitoy elektromobillarini eng ko‘p kim sotib olyapti?
Xitoy elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, Xitoy brendlari Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi avtosalonlarida tobora faolroq paydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ularning AQSh bozoridagi ishtiroki hanuz juda kam.
Foto: AFP
Yangi infografika Benchmark Mineral Intelligence ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, 2018 yildan 2025 yilgacha ayrim mamlakatlarda sotilgan elektromobillar ichida Xitoyda ishlab chiqarilgan akkumulyatorli elektromobillarning ulushini ko‘rsatadi. Statistikaga faqat to‘liq elektr quvvatida yuradigan avtomobillar kiritilgan, gibridlar esa hisobga olinmagan.
Meksika qisqa vaqt ichida Xitoy elektromobillari uchun eng muhim xorijiy bozorlardan biriga aylandi. 2025 yilda mamlakatda sotilgan barcha elektromobillarning 89,9 foizi Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2023 yildagi 28,3 foizga nisbatan keskin o‘sishdir. Absolyut raqamlarda bu o‘sish yanada yaqqol ko‘rinadi: Xitoy elektromobillari savdosi 2023 yildagi 3145 donadan 2025 yilda 53 742 taga yetgan.

Indoneziya ham shunga o‘xshash dinamikani namoyon etmoqda. Agar 2023 yilda Xitoy elektromobillarining ulushi atigi 3,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 61,6 foizga yetdi. Savdo hajmi esa 543 tadan 64 252 tagacha oshdi. Bu Xitoy brendlari rivojlanayotgan bozorlarda qanchalik tez mustahkam o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.
Buyuk Britaniyada 2025 yilda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar bozorning 26 foizini egalladi — bu 129 069 ta sotilgan avtomobil demakdir.
Ushbu reytingda ayniqsa Avstraliya ajralib turadi: u yerda 2025 yilda elektromobillar savdosining 79,5 foizini Xitoy brendlari ta’minlagan. Yangi Zelandiyada ham ko‘rsatkich yuqori — 70,5 foiz, Isroilda esa 84,8 foizni tashkil etgan.
Xitoy elektromobillar ishlab chiqarishda jahon miqyosida ustunlik qilayotganiga qaramay, AQSh bozori Xitoy avtomobillari uchun deyarli yopiqligicha qolmoqda. 2025 yilda ular AQShdagi elektromobil savdosining faqat 0,5 foizini tashkil qildi — taxminan 6070 ta avtomobil. Savdo siyosatidagi cheklovlar, tarif to‘siqlari va geosiyosiy taranglik Xitoy avtoishlab chiqaruvchilarining Amerika bozoriga kirib borishini jiddiy ravishda cheklab turibdi.
Mavzuga oid
17:54 / 18.05.2026
Cobalt sotuvi 30 foizga pasaydi, elektromobillarga talab oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026