Toşkentda qad rostlagan mahobatli Islom sivilizatsiyasi markazi qariyb 9 yil davomida qurib bitkazildi. Bugunga kelib markazdagi sönggi jihozlaş işlari yakunlanmoqda: Islom sivilizatsiyasi markazi keng jamoatçilik uçun joriy yil Ramazon hayiti arafasida oçilişi kutilmoqda.

Joriy yil boşida taqdim qilgan fotoreportajimizda Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy qismlari – 4 davrni qamrab olgan juda katta muzey va undagi eksponatlari, şuningdek, markaz haqida umumiy ma’lumotlar bergandik.

Bugun Islom sivilizatsiyasi markazining «yuragi» – Qur’on zali bilan taniştirib ötamiz. Aslida Qur’on zali – binoning qoq markazi, eng baland gumbaz ostida joylaşgan. Lekin markazga taşrif buyuruvçilar bu zalga – turli davr muzeylaridan söng, sayohatining oxirida taşrif buyuradi.

Qur’on zali muhiti taşrif buyuruvçilarni ön tört asr davomida uzluksiz davom etgan ma’naviy va intellektual meros haqida tafakkur qilişga undaydi.

Qur’oni karim zalida Islom olamining ma’naviy durdonasi sanalmiş, VII asrda qölda köçirilgan Usmon muşafi joylaştirilgan. U katta gumbaz ostida joylaşgan sakkizburçak şakl bilan öralgan.

Usmon muşafining qisqaça tarixi: Payğambarimiz Muhammad alayhissalomdan keyingi uçinçi xalifa, Usmon ibn Affonning farmoni bilan Muqaddas Qur’oni karim oyatlari olti nusxada köçirilgan. Bu muşaflar Islom dunyosining yirik şaharlariga yuborilgan. Toşkentda saqlanayotgan uşbu muşaf aynan Usmon roziyallohu anhu özi bilan olib yurgan va mutolaa qilgan Qur’on ekani aytiladi.