AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronning yangi oliy rahbari — agar uning nomzodi tasdiqlansa — Tehron avval Oq uy rahbarining roziligini olmasa, “uzoqqa bormasligini” aytdi. Bu haqda 8 mart, yakşanba kuni Amerika teleradiotarmoğining axborot bölimi — ABC News xabar qildi.

“U bizdan rozilik olişiga töğri keladi,” dedi Tramp. “Agar u bizning roziligimizni olmasa, uzoqqa bormaydi. Biz har ön yilda bu masalaga yana qaytişga majbur bölmasligimizga işonç hosil qilişni istaymiz,” deya qöşimça qildi u.

“Men beş yildan keyin bu masalaga yana qaytişlarini va xuddi şu işni qilişga majbur bölişlarini yoki, bundan ham yomoni, ularga (Eron hokimiyatiga — tahr.) yadroviy qurolga ega bölişga yöl qöyilişini istamayman,” deb ta’kidladi Tramp.

AQŞ prezidenti, şuningdek, Tehron rejimi bilan boğliq nomzodni ma’qullaşga tayyorligini ham aytdi. Amerika rahbari hozirgi bosqiçda Islom Respublikasini “qoğozdagi yölbars” deb hisoblaşini bildirdi. Biroq, uning aytişiça, bir hafta avval Eron “butun Yaqin Şarqqa hujum qilişni, butun Yaqin Şarqni egallab olişni” rejalaştirayotgan edi.

Britaniyaning Sky News telekanali xabar berişiça, öldirilgan Ali Xominaiyning vorisi tayinlangani haqida hali rasmiy tasdiq yöq. Telekanal, boşqa qator OAV kabi, bu lavozimga ilgari davlat lavozimlarini egallamagan 56 yoşli diniy arbob Möjtabo Xominaiy ma’qullanişi mumkinligini yozgan.

Bundan oldin, 3 mart kuni, aynan u Eronning yangi oliy rahbari etib tayinlangani haqida mamlakat içidagi, ismini oşkor qilişni istamagan DW manbalari xabar bergan edi.

Tramp, şuningdek, boyitilgan uran zaxiralarini egallab oliş uçun maxsus kuçlarni yuboriş ehtimolini ham istisno qilmasligini tasdiqladi. AQŞ prezidenti ta’kidlaşiça, barça variantlar “stol ustida”.

AQŞ va Isroilda Eron yadroviy yonilğisining asosiy qismi Isfahon şahridagi obektlardan birida joylaşgan yerosti tunnellarida saqlanayotganiga işonişmoqda. Boşqa zaxiralar esa Fordo va Natanz obektlaridagi tunnellar örtasida taqsimlangan. Uruşning dastlabki kunlarida AQŞ va Isroil Isfahon va Fordo yerosti tunnellariga kiriş joylariga zarba berib, ularni tösib qöyiş va u yerda saqlanayotgan yadroviy materiallarni olib çiqib ketişga yöl qöymaslikka uringan.

“Nazariy jihatdan, agar biz uşbu hudud ustidan jismoniy nazoratga ega bölganimizda, agar u saqlanayotgan joylar ustidan jismoniy nazoratga ega bölganimizda, biz u yerga odamlarimizni yuborib, uni (xavfsiz darajagaça — tahr.) obektning özida keltirişimiz mumkin edi,” degan edi AQŞ ma’muriyati vakili.