Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik bo‘yicha murojaat qilindi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat hududida kuzatilayotgan raketa hujumlari fonida u yerda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Foto: Google maps
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Isroil hududi bo‘ylab raketa hujumlari natijasida raketa parchalaridan jarohat olganlar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan diplomatik vakolatxona fuqarolardan Isroil Frontorti qo‘mondonligi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga amal qilishni so‘radi.
Xususan, havo hujumi haqida signal berilganda yoki sirena eshitilganda darhol himoyalangan joyga kirish, rasmiy ruxsat berilmaguncha u yerni tark etmaslik hamda rasmiy xabarlar va favqulodda ko‘rsatmalarni doimiy ravishda kuzatib borish tavsiya etildi.
9 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari orasida jarohat olganlar haqida elchixonaga ma’lumot kelib tushmagan.
Diplomatik vakolatxona barcha fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga amal qilayotgani uchun minnatdorlik bildirib, ehtiyotkorlikni saqlashga chaqirdi.
Mavzuga oid
14:15 / 20.04.2026
Hamas rasmiylari guruh ba’zi qurollarini topshirishga tayyorligini bildirdi
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026