Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim davlat idoralarida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi tashkil etiladi
Prezidentning “O‘zbekistonning Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limlari tashkil etiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan hamda budjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga muvofiq, Davlat xavfsizlik xizmati milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshliligini oshirish maqsadida ulardagi kiberxavfsizlik kamchiliklarini aniqlash bo‘yicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazib boradi.
Mazkur tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platforma orqali tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
13:15 / 24.12.2025