Eronning yangi diniy rahnamosi Mujtaba Xominaiy uruşning birinçi kunidayoq oyoğidan yaralangan va u saylanganidan buyon omma qarşisiga çiqmayotgani va heç qanday bayonot bermayotgani ham şu bilan boğliq, deya yozdi The New York Times Erondagi uç manbasiga asoslanib.

NYT suhbatdoşlariga köra, Xominaiy yaradorligi haqida ularga «hukumatdagi ança yuqori lavozimli şaxs» ma’lum qilgan. Şu bilan birga, Eronning yangi rahbari huşidaligi va aloqa vositalari işlatilmaydigan, alohida qöriqlanadigan joyda yaşiringani qayd etilgan.

Isroildagilar ham Mujtaba Xominaiy 28 fevral kungi hujumlar oqibatida yaralangan, degan xulosaga kelgan.

Gazetaning qayd etişiça, nomi davlat televideniyesi va Irna davlat agentligida qanday tilga olingani ham yangi oliy rahbar yaralanganini bilvosita tasdiqlovçi dalillardan biri bölmoqda – saylangani haqidagi xabarlarda Xominaiyni «yarador uruş faxriysi» deb ataşgan. Bundan taşqari, nufuzli davlat diniy xayriya taşkiloti bölgan Imdod qömitasining tabrik bayonotida ham Xominaiyga nisbatan uruşda yaralangan faxriyni anglatuvçi forsça atamani qöllaşgan.

Erondagilar esa Xominaiy yaralanganini rad etmoqda. Xususan, islom respublikasi prezidenti Yusuf Pizişkiyon yangi diniy rahnamo soğ ekanini aytgan. «Men janob Mujtaba yaralangani haqidagi xabarlarni eşitdim. U bilan aloqada bölgan döstlardan söradim. Ular aytişdiki, u Xudoning marhamati bilan soğ-salomat, heç qanday muammo yöq», – deya yozgan u 10 mart kuni öz telegram-kanalida.

Mujtaba Xominaiy yaralangani haqida 7 mart kuni Isroildagi «12 kanal» naşri ham öz manbasiga tayanib xabar tarqatgandi. Öşa vaqtda Mujtaba Xominaiyni 28 fevral kuni öldirilgan Ali Xominaiy örniga Eronning yangi diniy rahnamosi böliş uçun asosiy da’vogar deb ataşayotgandi.

8 mart kuni Eron rasmiy naşrlari yangi diniy rahnamo saylanganini e’lon qilişdi. Bu kutilganidek marhum rahbarning ikkinçi öğli, 56 yoşli Mujtaba Xominaiy bölib çiqdi. Şu kuni Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning yangi oliy rahbariga qasamyod qildi.