Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy-diplomatik muloqotni izchil davom ettirish, amaliy hamkorlikni yangi yo‘nalishlar hisobidan boyitish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mazmunan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyat, mazkur hududda kechayotgan jarayonlar hamda ularning mintaqaviy barqarorlikka ta’siri yuzasidan atroflicha mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish va mavjud aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etdi.