Transport vazirligi O‘zbekiston hududidan BAA va Saudiya Arabistoniga ikki tomonlama yo‘lovchi tashishni tashkil etishga 10 martdan boshlab ruxsat berdi. Bu haqda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi milliy va xorijiy aviakompaniyalarga yuborilgan xatda aytiladi. Kun.uz ushbu xat nusxasi bilan tanishib chiqdi.
Xatda ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoniga amalga oshirilayotgan parvozlarda, umra mavsumi nihoyasiga yetayotganligi va «Haj-2026» mavsumidan oldin barcha «Umra» ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan chiqib ketishi shartligi inobatga olinishi lozim.
Parvozlarni tashkil etishda parvozlar xavfsizligi talablari, xalqaro havo tashuvlari bo‘yicha amaldagi qoidalar, shuningdek Saudiya Arabistoni va BAA vakolatli organlari tomonidan belgilangan talab va tartiblarga qat’iy rioya etilishi ta’minlanishi belgilangan.
Yaqin Sharqda havo hududi yopilgani sababli O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari 1 mart kunidan vaqtincha kechiktirilgan edi.












