Eronning yangi diniy rahbari Mujtaba Xominaiy yaralangan, ammo uning holati yaxşi. Bu haqdagi ma’lumotni Eron taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy Italiyadagi Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida tasdiqlagan.

«U yaralangan, ammo u bilan barçasi joyida, men u qaçon ilk bor çiqiş qilişidan xabardor emasman», – degan Baqoiy.

U şuningdek, Ali Xominaiyning örnini egallaş uçun «uç-tört nomzod» bölgani, ammo Ekspertlar kengaşi a’zolarining köpçilik qismi Mujtaba Xominaiy nomzodini tanlaşganini qöşimça qilgan.

Eronning Kiprdagi elçisi Alirizo Salariyon ham Mujtaba Xominaiy 28 fevral kuni otasi va oila a’zolari halok bölgan hujum vaqtida yaralanganini tasdiqlagan. «U ham öşa yerda bölgan va öşa bombardimon paytida jarohat olgan, lekin bu haqda xorijdagi yangiliklarda yozişganini körmadim. Eşitişimça, u oyoğidan, şuningdek, qöli va bilagidan yaralangan», – degan elçi The Guardian uçun intervyusida.

Mujtaba Xominaiy yaralangani haqida dastlab 7 mart kuni Isroildagi «12 kanal» öz manbasiga tayanib xabar tarqatgandi. Telekanal ma’lumotiga köra, u 28 fevral kuniyoq – AQŞ va Isroilning Eron böylab yöllagan dastlabki aviazarbalari oqibatida yaralangan. Keyinroq The New York Times naşri ham Xominaiy uruşning ilk kunida oyoğidan jarohatlangani va şuning uçun omma qarşisiga çiqmayotgani va saylanganidan keyin heç qanday bayonot bermayotganini xabar qildi.

Eronda yangi diniy rahnamo saylangani haqida 8 mart kuni e’lon qilingandi. 56 yoşli Mujtaba Xominaiy – Isroil va Amerika harbiylarining 28 fevral kuni yöllagan aviazarbalari oqibatida halok bölgan Ali Xominaiyning ikkinçi öğli hisoblanadi. Diniy rahnamoning Tehrondagi qarorgohiga zarba oqibatida Mujtaba Xominaiyning otasi Ali Xominaiydan taşqari, onasi Mansura Xöjasta Boqirzoda, turmuş örtoği Zahro Haddod Odil hamda öğli ham halok bölgandi.