28 fevralda, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushining ilk kunida Minob shahridagi qizlar maktabi vayron qilingandi. Rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 165 kishi halok bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi o‘quvchilar bo‘lgan – zarba vaqtida maktabda darslar boshlangandi.

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ushbu zarbani qoraladi. Tehron hujum uchun javobgarlikni AQSh va Isroil zimmasiga yukladi. Donald Tramp esa «buni eronliklar qilgani»ni aytib chiqdi. Ammo Amerika armiyasida boshlangan tergovning dastlabki xulosalari, shuningdek, ekspertlar va jurnalistlarning xulosalari shuni ko‘rsatadiki, Minobdagi maktabga aynan AQSh zarba bergan.

Bu versiya foydasiga birdaniga bir necha argument mavjud.

Maktab joylashuvi

«Shajara-i Toyyiba» nomli qizlar maktabini Islom inqilobi muhofizlari korpusi bazasidan bitta devor ajratib turgan. Islom respublikasi armiyasini o‘rgangan eronshunos Farzi Nadimining so‘zlariga ko‘ra, bu bazada korpusning harbiy-dengiz kuchlari obektlari joylashgandi va o‘sha kuni bu binolar ham hujumga uchragan.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan ma’lum bo‘lishicha, maktab binolari qachonlardir bazaning bir qismi edi, ammo 10 yil muqaddam undan panjara bilan ajratilgan. Vaqt o‘tishi bilan bino atrofida turli ranglardagi panjaralar va sport maydonchasi ham paydo bo‘ladi – ularni sun’iy yo‘ldoshdan ham ko‘rish mumkin.

2013 yil