Eron rahbariyatining pozitsiyalarida sezilarli özgarişlar yöq, u yaqin vaqtlar içida qulaş xavfi ostida emas. AQŞ razvedkasi şunday xulosaga keldi, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.
Agentlik suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, «köplab» razvedka hisobotlarida Eron rejimi «aholi ustidan nazoratni saqlab qolmoqda» degan xulosa mavjud.
Isroil rasmiylari ham yopiq uçraşuvlar çoğida uruş Eronda hokimiyat almaşinuviga olib kelişiga işonç yöqligini tan olişgan.
Reuters suhbatdoşlaridan biri Erondagi hokimiyatni ağdariş uçun quruqlik orqali amaliyot ötkazilişi talab etilişini aytgan.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eron böylab zarbalar berişni boşlagandi. Bunga javoban Tehron Isroilga hamda Vaşingtonning Yaqin Şarqdagi bazalariga zarba berişga kirişdi. Isroilning 28 fevral kungi aviazarbalari oqibatida Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy halok bölgan. Uning örniga öğli Mujtaba Xominaiy mamlakatning yangi rahbariga aylangan.
The Wall Street Journal ma’lumotiga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp öz yordamçilari bilan muloqotda agar talablar böyiça yon bermaydigan bölsa, Mujtaba Xominaiy öldirilişiga qarşi emasligini bildirgan. Trampning özi Eron «sözsiz taslim bölgaç», mamlakatning yangi rahbarini tayinlaşda iştirok etişi kerakligini aytgan.


















