Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA) mutaxassislari Jizzax viloyatida AES qurilişi loyihasining borişini örganadi. Bu haqda «Özatom» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Özbekiston va XAEA yadro energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Tadbirda Özbekiston Atom energiyasi agentligi direktori A.Axmedxadjayev XAEA boş direktori Rafael Grossi bilan uçraşdi.
Asosiy e’tibor 2026 yil ikkinçi yarmiga rejalaştirilgan INIR (Yadroviy infratuzilmani integratsiyalaşgan holda körib çiqiş) missiyasining navbatdagi bosqiçiga tayyorgarlik körişga qaratildi. Uning doirasida XAEA mutaxassislari Jizzax viloyatida AES qurilişi loyihasining borişini örganadi. Rafael Grossi uşbu missiyaning Özbekiston atom dasturini amalga oşirişda muhim bosqiç bölişini qayd etdi.
Tomonlar, şuningdek, loyihaning amaliy bosqiçi - mamlakatdagi birinçi AESning Jizzax viloyati Foriş tumanidagi quriliş maydonçasida ilk beton quyiş işlarini boşlaş masalasini muhokama qildi. Grossi loyihaning ahamiyati va uning öziga xos jihati – yagona majmua doirasida katta va kiçik quvvatli reaktorlarni integratsiya qiliş rejalaştirilayotganiga e’tibor qaratdi.
Grossi Özbekistonning milliy yadro infratuzilmasini şakllantiriş borasidagi sa’y-harakatlarini, şuningdek, mamlakatning atom energetikasini xalqaro standartlar va XAEA tavsiyalariga muvofiq rivojlantirişga doir izçil yondaşuvini ijobiy baholadi.













