Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy ayni vaqtda Rossiyada davolanayotgan bölişi mumkin. Kuvaytdagi Al-Jarida gazetasi ma’lumotlariga köra, u 12 mart kuni Rossiya harbiy samolyotida Moskvaga yetkazilgan.
Mujtaba Xominaiy 28 fevral kuni, AQŞ va Isroilning oyatulloh Ali Xominaiy qarorgohiga yöllagan zarbasi oqibatida yaralangandi.
U 7 mart kuni mamlakatning yangi rahbari sifatida e’lon qilindi, ammo u ötgan vaqt içida ommaga köriniş bermadi.
Eronning Kiprdagi elçisi The Guardian gazetasiga bergan intervyusida Mujtaba oyoq va qöllaridan jarohatlanganini tasdiqlagan. CNN manbalari esa uning oyoği singani, yuzi va köz atrofida jarohatlar borligini xabar qilgan.
Uning holati Eronda davolanişga imkon bermagan bölişi mumkin.
Xabarlarga köra, Vladimir Putin 10 mart kuni Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon bilan telefon orqali muloqoti çoğida tibbiy yordam taklif qilgan. Şundan keyin u Moskvaga olib kelinib, operatsiya qilingan va hozirda Kremlga aloqador xususiy klinikada davolanmoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 16 mart kuni OAV vakillari bilan uçraşuvda Mujtaba Xominaiy Moskvada ekani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berişdan boş tortdi. «Biz bunday xabarlarga heç qanday izoh bermaymiz», – dedi u.


















