17 mart, seşanba kuni keçqurun jahon agentliklari xabar berişiça, Eronda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) harbiylaştirilgan “Basij” tuzilmasi qömondoni Ğulomrizo Sulaymoniyning halok bölganini tasdiqladi. Şuningdek, öşa kuni Eron Xavfsizlik kengaşi ham uşbu idora kotibi Ali Larijoniyning ölimi tasdiqlangani haqida xabar tarqatdi.
Bundan avval 16 mart kuni Tehronga berilgan “aniq nişonli zarba” natijasida Ğulomrizo Sulaymoniy yöq qilinganini Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) ma’lum qilgan edi. Isroil mudofaa vaziri Israel Kats esa Ali Larijoniy ham havo zarbasi natijasida yöq qilinganini aytgan. Biroq Eron tomonidan bu ma’lumotning rasmiy tasdiği darhol berilmagan edi.
IIMKga yaqin deb hisoblanadigan Eronning FARS axborot agentligi ta’ziya matnini e’lon qildi. Unda Islom inqilobi muhofizlari korpusi a’zolari, qayd etilişiça, “şarafli ölim”ni topgan Ğulomrizo Sulaymoniy xotirasiga ehtirom bildirgan. Şu bilan birga, IIMK öz qömondonining ölimi uçun qasos oliş maqsadidan voz keçmasligini va’da qilgan. Germaniyaning dpa agentligi mazkur ta’ziya matni mazmunini şu tarzda yetkazgan.
Şunga öxşaş xabar IIMKning rasmiy saytida ham e’lon qilingan, deb yozadi Fransiyaning AFP agentligi. Jurnalistlar keltirişiça, uşbu hujjatda Sulaymoniy duşmanning “terrorçilik hujumi” qurboni bölgani aytilgan.
“Basij” Islom inqilobi muhofizlari korpusiga böysunadi va mafkuraviy nazorat hamda rejimning içki xavfsizligini himoya qiliş vazifalarini bajaradi. Aynan “Basij” Erondagi hukumatga qarşi namoyişlarni bostiriş bilan şuğullanadi. Yevropa Ittifoqi IIMKni terroristik taşkilot deb tan olgan.
Ali Larijoniy esa, The New York Times gazetasi ma’lumotiga köra, Isroil va AQŞ bilan uruş boşlanişidan sal oldin aynan u Islom Respublikasining amaldagi rahbari vazifasini öz zimmasiga olgan. Mamlakatning öşa paytdagi oliy rahbari Ali Xominaiy 2026 yil boşidagi namoyişlarni bostiriş va uruşga tayyorgarlik köriş vazifasini Larijoniyga topşirgan edi. U, şuningdek, Tehronning asosiy şeriklari — Rossiya, Qatar va Ummon bilan aloqalarni saqlab turgan va AQŞ bilan yadroviy dastur böyiça muzokaralarni muvofiqlaştirgan.


















