Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada bundesverda xizmat qilishni istovchilar soni ortib bormoqda
Fevral oyi oxiriga kelib, 16 100 nafar Germaniya fuqarosi bundesver safiga kirish uchun ariza topshirgan. Bu 2025 yilgi ko‘rsatkichdan 20 foizga yuqori. Xizmatga qabul qilinganlar soni esa 14 foizga oshib, 5300 nafarga yetgan.
Germaniya qurolli kuchlari — bundesver safida harbiy bo‘lishni istovchilardan tushayotgan arizalar soni, shuningdek joriy yil boshidagi harbiy xizmatchilar va xodimlar umumiy soni o‘tgan yilga nisbatan ancha yuqori bo‘ldi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib, 17 mart, seshanba kuni xabar qilindi.
Qayd etilishicha, fevral oyi oxiriga kelib Germaniyada 16 100 nafar erkak va ayol bundesver safiga qo‘shilish uchun ariza bergan. Bu 2025 yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 20 foizga ko‘p. Shu davr mobaynida ishga va harbiy xizmatga yaqinda qabul qilinganlar soni ham o‘tgan yilgi darajadan 14 foizga yuqori bo‘lib, 5300 nafarga yetgan.
Ayniqsa, 6 oydan 11 oygacha davom etadigan ixtiyoriy harbiy xizmatni, shuningdek 12 oydan 23 oygacha bo‘lgan qisqa muddatli xizmatni o‘tashni istovchilar sonida o‘sish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday askarlar soni yillik taqqoslashda 15 foizga oshib, 13 400 nafarga yetgan.
Shu bilan birga, vazirlik umumiy harbiy xizmatchilar soni yil fasliga qarab o‘zgarib turishini qayd etdi. Xabarda aniqlashtirilishicha, odatda yil boshida bundesver safini tark etuvchilar soni eng ko‘p bo‘ladi.
2026 yildan Germaniyada harbiy xizmatni o‘tash tartibini belgilaydigan yangi qonun amal qilmoqda. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan barcha fuqarolarga harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tish so‘ralgan maktublar yuboriladi.
Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda bundesver safida 186 200 nafar askar xizmat qilmoqda, bu 2025 yil fevralidagidan 3600 nafarga ko‘p. Rossiyadan kelib chiqayotgan tahdid fonida Germaniya hukumati mamlakat qurolli kuchlari sonini 2030-yillar o‘rtasiga qadar 260 000 nafarga yetkazishni maqsad qilgan. Shuningdek, rezervchilar sonini 200 000 nafargacha oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026