Islom inqilobi qöriqçilari korpusi vakili, general Ali Muhammad Nainiy 20 mart kuni AQŞ va Isroilning havo zarbalari oqibatida halok böldi. Bu haqda IIQK matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Çuqur qayğu va şu bilan birga, faxr tuyğusi bilan madaniyat va media sohasida faoliyat yuritgan IIQK general-mayori, jamoatçilik bilan aloqalar böyiça örinbosar va korpusning rasmiy vakili şahid bölganini ma’lum qilamiz», — deyiladi korpus bayonotida.
Ta’kidlanişiça, general musulmonlar uçun muqaddas bölgan Ramazon oyining sönggi kuni erta tongda amalga oşirilgan terroristik hujum qurboni bölgan.
Şuningdek, OAVda IIQQ harbiy-kosmik kuçlari qömondoni Mahdi Qurayşiy ham AQŞ-Isroil tomonidan Isfahonga berilgan zarbalar natijasida halok bölgani haqida xabar qilinmoqda.
Xabarga köra, Qurayşiy Isfahondagi “Ji” sanoat hududiga zarba berilişi oqibatida halok bölgan.

















