Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) harbiy-dengiz kuçlari Hörmuz böğozi orqali ötiş yönalişlarini joriy etdi.

IIQK Fors körfazi va Hörmuz böğozidagi harbiy holat, şuningdek, asosiy harakat zonasida suzuvçi minalarning ehtimoliy mavjudligi tufayli böğozdan ötişni rejalaştirayotgan barça kemalar, IIQK harbiy-dengiz kuçlari bilan muvofiqlaştirilgandan söng, keyingi bildirişnomaga qadar böğozdan ötiş uçun muqobil yönalişlardan foydalanişi kerakligini e’lon qildi.

Kiriş yönalişi: Ömon dengizidan Lark orolining şimoliga, söngra Fors körfaziga yölni davom ettiriş.

Çiqiş yönalişi: Fors körfazidan Lark orolidan janubga ötiş va Ömon dengiziga yölni davom ettiriş.

AQŞ va Isroil operatsiyasi boşlanganidan söng, Eron Hörmuz böğozini blokadaga olganini e’lon qildi. Eskalatsiyadan oldin jahon neft, kondensat va neft mahsulotlarining 15-20 foizi, şuningdek, suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berişning 30 foizdan ortiği şu böğoz orqali ötgan. Mart oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya kabi 30 dan ortiq davlat böğozdan xavfsiz ötişni ta’minlaşda iştirok etişga tayyorligini ma’lum qildi.

8 aprelga ötar keçasi AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Uning ta’kidlaşiça, Vaşington sulhga rozi bölgan, çunki Tehron Hörmuz böğozini «töliq, zudlik bilan va xavfsiz» oçişga tayyorligini körsatgan.

Eron portlar boşqarmasi Hörmuz böğozidan ötayotgan kemalar ekipajini minalar bölişi mumkinligi sababli IIQK harbiy-dengiz kuçlari bilan harakatni muvofiqlaştirişga çaqirdi.