25 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev islomiy moliya xizmatlarini joriy etişga oid taqdimot bilan tanişdi.
Taqdimotda aytilişiça, Özbekistonda quyidagi islomiy moliya instrumentlarini joriy qiliş nazarda tutilmoqda:
- tovarni nasiyaga sotiş orqali mijozni moliyalaştiriş – murobaha;
- foydani taqsimlaş şarti asosida mijozni moliyalaştiriş yoki pul mablağlarini jalb etiş – muzoraba;
- vakillik şartnomasi orqali pul mablağlarini beriş yoki jalb etiş – vakala;
- tovarlar uçun oldindan haq tölaş orqali moliyalaştiriş – salam va istisno;
- birgalikdagi faoliyat orqali mijozni moliyalaştiriş – muşoraka;
- mol-mulkni islomiy ijaraga beriş;
- qonunçilikka zid bölmagan boşqa islomiy moliya instrumentlar.
Bunda:
- sotilgan tovar ustamasiga qöşilgan qiymat soliği hisoblanmaydi;
- investitsiyaviy omonatdan olingan daromad soliqdan ozod qilinadi;
- islomiy ijara şartnomalari moliyaviy ijara va lizingga tenglaştiriladi.

Sohada tizimli boşqaruvni ta’minlaş maqsadida Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengaşi taşkil etiladi. Şuningdek, islomiy moliya xizmatlarini körsatuvçi banklarda ham alohida kengaşlar tuziladi. Uşbu kengaşlar standartlar işlab çiqiş, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda kömaklaşiş, bahsli masalalarga izoh beriş, şartnomalar va içki hujjatlarni körib çiqiş, muvofiqlik ustidan nazoratni ta’minlaş bilan şuğullanadi.
Joriy yilda kamida bitta tijorat bankida islomiy “darça” faoliyatini yölga qöyiş, 2026-2030 yillarda esa töliq islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi ikkita bank taşkil etiş rejalaştirilgan.

















