28 fevral kungi hujumda Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy va uning qator oila a’zolari halok bölgandi. Şundan söng mart oyi boşida Mujtaba Xominaiy ekspertlar kengaşi tomonidan yangi rahnamo sifatida e’lon qilindi.

Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) bilan yaqin aloqalarga ega 56 yoşli Mujtaba şunday qilib Erondagi teokratik tizimning uçinçi rahbariga aylandi. Biroq oradan bir oydan köproq vaqt ötsa-da, u omma oldiga çiqmadi, efir orqali ham köriniş bermadi. Bu esa, albatta, savollarni köpaytiradi.

Yangi oliy rahbar 28 fevral kungi hujumda yaralanib, soğliğidagi muammolar sabab davolanişga Moskvaga olib ketilgani haqida ham matbuotda xabarlar tarqaldi. Bu qançalik rost yoki rost emasligi haqidagi Kun.uz jurnalistining savoliga elçi Iskandariy javob berar ekan, uning aytişiça, oliy rahnamo hozir Eronda va xalq bilan birga.

“Oliy rahbarimiz tirik, soğ-salomat va öz xizmat vazifasini bajarmoqda. U kişi xalq bilan birga, jamiyatni boşqarib turibdi. Armiyaga boş bölib, muhim siyosiy qarorlarni qabul qilmoqda”, deydi Muhammad Ali Iskandariy.

Elçining qöşimça qilişiça, Erondagi voqealar balki boşqa davlatda yuz berganida u yerdagi vaziyat boşqaça tus olgan bölardi.

“Agar Erondagi voqealarning yuzdan biri boşqa davlatda yuz berganida u yerdagi hamma mamlakatidan qoçib ketgan bölardi. Lekin Eronda şunça uruş bölişiga qaramasdan bir nafar ham kişi qoçmadi, çegaradan taşqariga çiqib ketmadi. Agar Eronda rahbar bölmasa, kim boşqaradi?” deydi elçi.

Sözi davomida diplomat nega bunday turdagi xabarlar köp tarqalişiga ham töxtaldi.

“Nega bunday xabarlar tez-tez va köp tarqaladi? Sababi şuki, ularning maqsadi bizni kuçsizlantiriş. Şu yöl bilan ular Eron taslim bölyapti degan tasavvurni uyğotmoqçi bölişadi. Yana bir maqsadlari esa rahbarning qayerda ekanini aniqlaş. Şuni ayta olamanki, oliy rahnamomiz davlat içida. Avvalgi rahbarimiz kabi hozirgisi ham bir xil siyosatni davom ettirmoqda. Biz kuç-qudratga egamiz va bu kuçimiz kelajakda yanada köpayib boradi”, deydi u.