Sirdaryo viloyati IIBda içki işlar vaziri örinbosari Diyorbek Sattarov rahbarligida tanqidiy yiğiliş ötkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Yiğilişda ayrim rahbar xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarişga nisbatan loqayd munosabati tanqidga olingan.
Xususan, Sirdaryo viloyati IIB rahbar xodimi va uning yaqin qarindoşi iştirokidagi holat – mast haydovçining içki işlar xodimini urişi va yonidagi polkovnik akasi bunga aralaşişi voqeasi keskin muhokama qilingan. Bu xizmat vakolatlarini suiiste’mol qiliş va mansab mavqeyidan şaxsiy manfaatlar yölida foydalaniş ehtimolini körsatuvçi salbiy holat sifatida baholangan.

Ma’lum qilinişiça, huquqbuzarlikka yöl qöygan podpolkovnik Şerzod Pardayev vazirlikning tegişli buyruği bilan lavozimidan ozod etilgan.
Yiğiliş yakunida mavjud kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf etiş, xizmat intizomini mustahkamlaş hamda qonuniylikni ta’minlaş böyiça rahbar xodimlarga aniq körsatmalar berilgan.
Xodimga tuşirilgan muşt voqeasi
Holat 30 mart kuni tungi vaqtda Yaşnobod tumanida sodir bölgandi. Malibu va Leapmotor maşinalari özaro töqnaşib ketgaç, haydovçilar örtasida tortişuv yuzaga kelgan. Söngra Leapmotor haydovçisi 102 raqamiga qönğiroq qilib, davlat raqam belgisiga ega bölmagan Malibu haydovçisi avariya sodir etib, unga nisbatan qöpollik qilayotgani haqida xabar bergan.
Murojaatga asosan voqea joyiga yetib borgan yöl-patrul xizmati xodimlari holatni rasmiylaştirişga kirişgan. Mast holatda maşina boşqarib kelgan Malibu haydovçisiga alkotester orqali tekşiruvdan ötiş taklif qilingan.
Haydovçi esa qarşilik körsatib, xodimlardan biriga muşt tuşirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda haydovçi içki işlar xodimiga tirsagi bilan zarba berganini va uning akasi ekani aytilgan erkak vaziyatga aralaşişga uringanini köriş mumkin.











