Jahon | 14:17
3170
2 daqiqa o‘qiladi

Axios: AQSh va Eron 45 kunlik sulhga harakat qilmoqda

Foto: Mandel NGAN and Amer HILABI / AFP

AQSh va Eron mintaqaviy vositachilar ishtirokida 45 kunlik sulh shartlarini muhokama qilmoqda. Bu sulh yakunda urush yakunlanishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan, deb yozadi Axios nashri manbalarga tayanib. 

Nashr suhbatdoshlari yaqin 48 soat ichida kelishuvga erishish imkoniyatini past deb hisoblamoqda, biroq bu urushda jiddiy eskalatsiya yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan so‘nggi urinish bo‘ladi. 

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroilda Eronning energetik obektlariga keng ko‘lamli zarbalar berish rejasi tayyor. Eron esa bunga javoban Fors ko‘rfasi mamlakatlarining energetik obektlariga zarbalar berishni reja qilgan.

Axios suhbatdoshlari qayd etishicha, Tramp Eronga ultimatumni kelishuvga erishish uchun so‘nggi imkoniyatni taqdim etish maqsadida uzaytirgan. 5 aprel kuni kechqurun Tramp hech qanday izohsiz quyidagicha post qoldirdi: «Seshanba, Sharqiy sohil vaqti bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan 8 aprel kuni soat 05:00 )».

Muzokaralarda Pokiston, Misr va Turkiya vositachilik qilmoqda. Muzokaralarda AQShning manfaatlarini Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Eronnikini tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ifoda etmoqda. Manbalardan birining ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Tramp ma’muriyati Eronga bir nechta taklif yuborgan, biroq Tehron hozircha ularning birortasini qabul qilmagan.

4 aprel kuni Tramp ager Tehron kelishuvga ko‘nmasa va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmaydigan bo‘lsa, ikki kundan keyin Eron «jahannamga aylanishi»ni yozgandi. Keyingi kuni AQSh prezidenti yanada keskin ohangdagi post yozib, Eron rahbariyatini «aqldan ozgan ablahlar» deb atadi va agar ular Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmaydigan bo‘lishsa, unda «jahannamda yashashlari»ni aytdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid