Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, uchrashuv Mar-a-Lagoda bo‘lib o‘tgan. Unda tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tifani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun chin dildan minnatdorligini bildirgan. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan suhbatni mazmunli va konstruktiv muloqot sifatida yuqori baholagan.

Saida Mirziyoyeva yaqin kunlarda Vashingtonda ham samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid bildirgan.

Mar-a-Lagodagi uchrashuv va Vashingtondagi ehtimoliy muloqotlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish nuqtai nazaridan ahamiyatli ekani qayd etilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlarda siyosiy va diplomatik muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.