Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva AQSh poytaxtida Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati rasman boshlanishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mazkur tuzilma ikki mamlakat o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashda samarali platformaga aylanishiga ishonch bildirdilar.
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026