Islom respublikasi buni öz ğalabasi deb e’lon qildi. «Butun tamaddunning halokati» bilan qörqitgan Tramp esa endi Yaqin Şarq uçun «oltin asr» boşlanişini başorat qilmoqda.

Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi. 8 aprelga ötar keçasi, Qöşma Ştatlar tomonidan Eron islom respublikasi rahbariyatiga qöyilgan ultimatum tugayotganida Tramp AQŞ Hörmuz böğozi «töliq, zudlik bilan va xavfsiz şartlarda» oçilişi evaziga Eronga hujumlarni ikki hafta muddatga töxtatib turişga rozi bölganini ma’lum qildi.

Trampning sözlariga köra, AQŞ barça harbiy maqsadlariga «ortiği bilan erişgan» hamda Eronning «muzokaralar uçun amaliy asos bölib xizmat qilişi mumkin bölgan» 10 banddan iborat taklifini qabul qilgan. U Qöşma Ştatlar va Eron örtasidagi deyarli barça bahsli masalalar böyiça kelişuvga erişib bölinganini ta’kidlagan.

Bir neça soat ötib Tramp yana bir post yozib qoldirdi, unda AQŞ Hörmuz böğozida töplanib qolgan kemalar muammosini hal qilişda yordam berişini ma’lum qildi. «Köplab ijobiy harakatlar böladi! Katta pul işlab olinadi. Eron tiklaniş jarayonini boşlaşi mumkin», – deya qöşimça qilgan AQŞ prezidenti va bu Yaqin Şarqning «oltin asri»ga aylanişi mumkinligini va’da qilgan.

Bundan bir neça soat oldin, 8 aprelga ötar keçasi u «butun bir tamaddun halok bölişi» va uni «heç qaçon ortga qaytarib bölmasligi»ni aytib tahdid qilgandi. «Men bunday bölişini xohlamasdim, lekin şunday bölişi mumkin. Biroq, hokimiyatga boşqa, aqlliroq va nisbatan mö’tadilroq kuçlar keladigan bölsa, qandaydir inqilobiy özgarişlar sodir bölişi ham mumkin», – deya yozgandi AQŞ prezidenti.

Eron sulhga rozi bölgan. Eronning Tramp bayonotiga rasmiy javobi islom respublikasi taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi tomonidan e’lon qilindi. Unda agar Eronga qarşi hujumlar töxtaydigan bölsa, Tehron ham özining «mudofaa amaliyoti»ga çek qöyişini bildirilgan. Eronlik vazir ikki hafta davomida Hörmuz böğozi orqali xavfsiz ötiş «Eron qurolli kuçlari bilan muvofiqlaştirilgan holda va texnik çeklovlarni hisobga olgan holda amalga oşirilişi»ni ma’lum qilgan.

Şu bilan birga, Associated Press naşri muzokaralar jarayonidan xabardor bölgan mulozimlarga tayanib xabar qilişiça, Tehronning rejasi bu ikki hafta mobaynida Eron va Ömon böğozdan ötayotgan kemalardan tölov undirişda davom etişi mumkinligini xabar qilgan.